Bojxona kodeksi 178-modda. Bojxona nazoratining predmeti

Bojxona nazorati: bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan; taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va maʼlumotlarga nisbatan; yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona ishi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.