Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; ogʻzaki soʻrov; axborot olish; bojxona koʻzdan kechiruvi; tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish; bojxona koʻrigi; shaxsiy koʻrik; bojxona identifikatsiyalashi; bojxona kuzatuvi; binolar va hududlarni tekshirish; tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish; tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.