Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi. Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin. Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.