Bojxona kodeksi 210-modda. Bojxona organlarining ekspert muassasasi

Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir. Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.