Bojxona kodeksi 213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari

Ekspert: bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish; tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish; oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega. Ekspert: oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi; bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi; bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi; bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart. Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.