Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllash; tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni taqdim etish. Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmasa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarlarni bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish sharti bilan ruxsat beradi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi, agar: tovarlar temir yoʻl, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan boʻlsa; ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan boʻlsa.