Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi: olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi; olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi; jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan summaning bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi.