Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi: 1) eksport; 2) reeksport; 3) vaqtincha olib chiqish; 4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 5) erkin muomalaga chiqarish (import); 6) reimport; 7) vaqtincha olib kirish; 8) bojxona hududida qayta ishlash; 9) vaqtincha saqlash; 10) bojxona ombori; 11) erkin ombor; 12) erkin bojxona zonasi; 13) boj olinmaydigan savdo; 14) bojxona tranziti; 15) yoʻq qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish.