Bojxona kodeksi 264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish

Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.