Bojxona kodeksi 268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi

Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda maʼlumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi.