Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida boʻladi. Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda javobgarlik: agar tovar bojxona omborida turgan boʻlsa, bojxona ombori egasining; agar tovar bojxona ombori boʻlmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan boʻlsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning; agar tovar erkin omborda turgan boʻlsa, erkin ombor egasining zimmasida boʻladi. Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi javobgar boʻladi.