Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) vakolatli shaxsdan olingan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaxsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish; b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish; v) tovarlarni toʻgʻri deklaratsiyalash, shu jumladan: bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash; tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun toʻgʻri tasniflash; tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni toʻgʻri koʻrsatish; tovarlarning miqdorini toʻgʻri koʻrsatish; tovarlarning bojxona qiymatini toʻgʻri aniqlash; g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni bojxona organiga oʻz vaqtida taqdim etish; d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonunchilikda belgilangan hollarda tekshirish; e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish; j) tovarlarni joʻnatuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; z) vakolatli shaxsga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini tushuntirish; i) bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgarganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlari va oʻrovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishi