Bojxona kodeksi 30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlari mustasno.