Bojxona kodeksi 308-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari aniqlanishining oqibatlari

Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak. Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi. Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa: Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga; aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga; aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi: tijorat shartlari; miqdori; ushbu Kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan xarajatlar; oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarni