Bojxona kodeksi 318-modda. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilish

Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi. Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi. Bojxona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati maʼlum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini maʼlum qilish huquqiga ega. Tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza xulosasi va bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona toʻlovlarini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari maʼlum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bojxona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda toʻldirilmaydi va bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi, agar: bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymati bir ming AQSH dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha ayni oʻsha tovarni bir joʻ