Bojxona kodeksi 329-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari

Bojxona organining qaroriga asosan toʻlovchiga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatining qoʻshimcha davrga uzaytirilishi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashdir. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini qoʻshimcha davrga uzaytirib, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasini shu davr ichida qismlarga boʻlib toʻlash bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashdir. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi: ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha; moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojxona toʻlovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi. Bojxona organining qarorida bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beril