Bojxona kodeksi 339-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash usullari

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash toʻlovchining tanloviga koʻra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi: pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish; tovarlarni garovga qoʻyish; bank kafolatini taqdim etish; bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash; kafillik.