Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reeksporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.