Bojxona kodeksi 348-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma

Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bojxona organi tomonidan toʻlovchiga mazkur qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʻrilguniga qadar yozma ravishda qoʻyiladi. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: talabnoma qoʻyilishi asoslari; bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi; talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat; toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi. Toʻlovchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzning summasini koʻrsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan oʻchiriladi. Bojxona toʻlovlari ularni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning soʻzsiz tartibda undirilishini bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yuborma