Bojxona kodeksi 364-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish

Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʻqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi. Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi: Oʻzbekiston Respublikasi tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga; muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga; bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud boʻlganda; agar bu talab Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki undagi maʼlumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, bojxona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan maʼlumot berishni soʻrab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi. Bojxona organlarida tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli boʻlgan organlar muhrlarining izla