Bojxona kodeksi 365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.