Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy texnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir maʼnoda tasniflash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxsdan kelib tushadigan soʻrov tashkilot rahbari tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda imzolangan hamda tashkilot joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Jismoniy shaxsdan kelib tushadigan soʻrov ushbu shaxs tomonidan imzolangan va uning yashash manzili haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Soʻrov bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi. Arizachi tomonidan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojxona organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini xabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart. Qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi xabardor qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodini aniqlash borasida nizoli vaziyatlar yuza