Bojxona kodeksi 380-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik toʻgʻrisida axborot berish

Bojxona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini taʼminlaydi. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.