Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda bojxona organlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizasisiz toʻxtatib turishga haqli. Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojxona organi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Bojxona organlari qoʻshimcha huquqlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanadi. Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq toʻxtatib turilgan taqdirda, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni xabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi. Bojxona organlari intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga soʻrov yuboradi. Soʻrovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatiladi. Bojxona organlari va Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vako