Bojxona kodeksi 385-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun ariza

Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan elektron shaklda bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona organiga beriladi. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda; huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish toʻgʻrisida murojaat etayotgan intellektual mulk obyektining tavsifi; vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk obyektini oʻz ichiga olgan tovarning nomi toʻgʻrisidagi; intellektual mulk obyektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili); huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi; intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan boʻlsa, oʻsha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk obyekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak; himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk obyektlari mavjud boʻlgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa maʼlumotlar). Agar Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yo