Bojxona kodeksi 397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi

Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.