Bojxona kodeksi 401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari

Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi.