Bojxona kodeksi 46-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash

Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarga vakolatli shaxs va (yoki) bojxona organi tomonidan muhrlar qoʻyish va, zarur boʻlgan hollarda, shtamplar qoʻyish, raqamli va (yoki) boshqa turda tamgʻalash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni suratga tushirish yoki boshqa oʻlchamlarda tasvirlash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uni qayta ishlash mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzida mavjud boʻlgan tamgʻalashdan yoxud boshqacha tamgʻalashdan foydalanish. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Vakolatli shaxsning soʻroviga va bojxona organining roziligiga koʻra, olib chiqilayotgan tovarni bojxona maqsadida identifikatsiyalash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar haqida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi toʻgʻrisida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan taʼminlanishi mumkin. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent boʻlgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; qayta ishlash uchun ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo