Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi ushbu Kodeksning 47-moddasig a muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay quyidagi usullarning biri orqali tugallanadi: qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish; olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini reimport bojxona rejimiga joylashtirish; olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini amalda bojxona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojxona rejimiga joylashtirish, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldigʻi majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hollar mustasno. Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib kirilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi import qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib kirilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi. Tovarni bojxona