Bojxona kodeksi 53-modda. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ularga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi

Olib kiriladigan qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining qiymatidan kelib chiqib hamda qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari boʻyicha hisoblanadi. Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan aksiz soligʻi qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymati va miqdoridan kelib chiqib, qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan stavkalar boʻyicha hisoblanadi. Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlarining xos stavkasini qoʻllanilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlarining miqdori qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan xos stavkada hisoblangan bojxona boji summasi bilan qayta ishlash operatsiyalari qiymatining qayta ishlash mahsulotlari bojxona qiymatiga nisbatining koʻpaytmasi sifatida qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi hisoblab chiqariladi. Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan ushbu moddaga muvofiq qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida, qayta ishlash operatsiyalari qiymati quyidagi qiymatlarning summasini ifoda etadi: olib chiqilgan tovarlarni qayta ishlash; tovarni qayta ishlash joyiga va uning qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasigacha qaytarib yetkazib berish, agar bular qayta ishlash qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa. Agar olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, mazkur qayta ishlash mahsulotlari ushbu shaxs tomonidan import qilinayotganda bojxona toʻlovlari mazkur shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga mustaqil joylashtirganida boʻlgani kabi hisob-kitob qilinadi. Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsuloti: agar tovar shartnoma yoki kafolat majburiyatiga binoan