Bojxona kodeksi 61-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.