Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati oʻtguniga qadar ushbu Kodeksning 69-moddasiga muvofiq tugallash huquqiga ega. Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib kirish muddati vakolatli shaxsning arizasi asosida bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining va konsullik muassasalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun olib kiriladigan, ushbu vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan diplomatik agentlari va maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarning, shuningdek chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan avtotransport vositalarining. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan chet davlatlarning shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib kiriladigan temir yoʻl va havo transporti vositalarining, shuningdek ularning ehtiyot qismlari va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport asbob-uskunasining. Ularni vaqtincha olib kirish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; lizing shartnomalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarn