Bojxona kodeksi 88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish

Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.