Bojxona kodeksi 89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash

Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak. Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno.