Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 19-modda. Bolaning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari

Har bir bola turar joyli boʻlish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila aʼzolari boʻlgan bolalar ular qayerda boʻlishlaridan qatʼi nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega boʻladi. Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida boʻlgan turar joyni oʻzga shaxsga oʻtkazish uchun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.