Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega. Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini taʼminlaydi. Bolalar sogʻlomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va boʻsh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan taʼsis etiladi va qoʻllab-quvvatlanadi.