Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, toʻliq davlat taʼminotida turgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi bolalar oʻzlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega boʻlish yoki qonunchilikka muvofiq turar joy olish huquqiga ega.