Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar va xarajatlar yoyilmasi deb yuritiladi): budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini; daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini taʼminlash maqsadida tuziladi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli budjet daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli budjet xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining yakuniy maʼlumotlari, budjetlararo transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik budjetda qabul qilingan summalarga mos kelishi lozim. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar budjetlari boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan; davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismiga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydigan quyidagi: budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ijro etish jarayonida boʻshaydigan; tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari boʻyicha hisobga o