Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish: budjet tizimi budjetlari daromadlari va (yoki) xarajatlarini kamaytirishni yoki koʻpaytirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari oʻzgargan; bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilib, mos ravishda boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilgan; budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar xarajatlarning bir moddasidan boshqa moddasiga oʻtkazish zaruriyati yuzaga kelgan; Davlat budjeti mablagʻlarining moliya yili boshidagi erkin qoldiqlari ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan; budjet tasnifiga oʻzgartirishlar kiritilgan; ushbu Kodeks 120-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan tushgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu budjetlarga tushgan mablagʻlar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan xarajatlar tegishli budjetlarga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi. Budjet tizimi budjetlarini ijro etishda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olinadi. Moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari x