Budjet kodeksi 147-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining: 10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan; 10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.