Budjet tashkilotining yoki budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlari xarajatlarning boshqa moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar teng miqdorda kamaytirilgan hamda budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning tasdiqlangan umumiy hajmi saqlab qolingan holda koʻpaytirilishi mumkin. Mazkur oʻzgartirishlar: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan; budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan; davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Budjet tashkilotining va budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra kamaytirish tomonga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydigan xarajatlar moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan oʻzgartirishlar iqtisodiyot va moliya organi tomonidan roʻyxatdan