Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini oʻz ichiga oladi: budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot; Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik va choraklik hisobotlar; davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot.