Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi: Davlat budjeti ijrosining balansini; Davlat budjeti daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani; Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni; Davlat qarzi toʻgʻrisidagi hisobotni. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shakllar boʻyicha Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tuzadi. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi: Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi; foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va miqdori; hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha toʻlovlar; Davlat budjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot; budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati; Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablagʻlar ijrosi; Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot; yuqori budjetdan quyi budjetlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan budjet ssudalari.