Budjet kodeksi 166-1-modda. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibi

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytlariga: oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida budjet mablagʻlarining taqsimoti; davriy moliyaviy hisobotlar; davlat maqsadli jamgʻarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar; kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi; oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotni joylashtiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, har chorak yakunlariga koʻra esa nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi maʼlumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar v