Budjet kodeksi 166-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlariga koʻra shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha taqdim etadi.