Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi: rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi; tekshirish oʻtkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana; davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos; davlat moliyaviy nazoratining turi va uni oʻtkazish davri; davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi; davlat moliyaviy nazorati obyektining toʻliq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun masʼul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta koʻrsatilgan holda; davlat moliyaviy nazorati obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari; oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlar; davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni oʻtkazish uchun davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy maʼlumotlar; taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonunchilik hujjatlari koʻrsatilgan holda. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni oʻtkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning soʻroviga koʻra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi lozim. Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki davlat moliyaviy nazorati obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar nat