Budjet kodeksi 2-modda. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik

Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq boʻlishi kerak. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining budjet toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.