Budjet kodeksi 44-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari quyidagilardir: Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi; vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari; budjet tashkilotlarining undiriladigan toʻlovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlari.

III boʻlim. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti. Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi