Budjet kodeksi 46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi: Davlat budjeti; davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari; Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari; davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan, biroq uning tarkibiga kirmaydigan jamgʻarmalarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.