Budjet kodeksi 5-1-modda. Budjet daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjetga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi normalarni amalga kiritish tartibi *

Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlari daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritiladi. * 5¹-moddaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1104-sonli Qonuniga asosan 2025-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha toʻxtatilgan.